» » Buxoroda ikki Cobalt’ning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoroda ikki Cobalt’ning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Buxoro viloyatining Peshku tumani “Jongeldi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2-yanvar kuni soat taxminan 18:10 da ikki kishining o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

26 yoshli haydovchi F.N. Cobalt’ni 4R-61 yo‘li bo‘ylab, A-380 xalqaro yo‘li tomon haydab borayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 24 yoshli D.Q. boshqaruvidagi Cobalt’ning orqa qismiga borib urilgan.

Natijada F.N.ning Cobalt’idagi yo‘lovchilar — 43 yoshli D.J. ismli ayol va 49 yoshli G‘.O. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, yana bir yo‘lovchi — 26 yoshli I.I. Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi departament axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют