» » Shahrisabzda o‘g‘lining ishga chiqmasligi borasida tortishib qolgan ota kafe ish boshqaruvchisini pichoqladi

Shahrisabzda o‘g‘lining ishga chiqmasligi borasida tortishib qolgan ota kafe ish boshqaruvchisini pichoqladi


2-yanvar kuni 63 yoshli fuqaro Shahrisabz shahri Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelarning birida ish boshqaruvchi bo‘lgan 45 yoshli O.J.ni pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ota O.J. bilan o‘g‘lining ishga chiqmasligi masalasida tortishib qolgan. O.J. esa uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sabab uni oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Natijada O.J. og‘ir tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichog‘i va qon dog‘lari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют