» » O‘zbekistonda soliq nazorati jarayoni videotasvirga olinadi

O‘zbekistonda soliq nazorati jarayoni videotasvirga olinadi


“Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, soliq organining xodimlari, soliq to‘lovchilar hamda ularning vakillari soliq to‘lovchilar faoliyatida o‘tkaziladigan soliq nazorati tadbirlarini videotasvirga olishlari mumkin.

Ushbu nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir ma’lumotlaridan nazorat tadbirlari natijalarini ko‘rib chiqishda, soliq organlari tomonidan qaror qabul qilishda, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda zarurat bo‘lganda foydalanish mumkin.

Jarayonning videotasvirga olinishi shaffoflik va xolislikni yanada ta’minlaydi, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

Nazorat tadbirini videotasvirga olish soliq to‘lovchilarning qonuniy faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaydigan va faoliyat ko‘rsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют