» » O‘zbekiston termasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

O‘zbekiston termasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi


O‘zbekiston va Rossiya olimpiya terma jamoalari 27-may kuni Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash o‘yinlariga O‘zbekiston terma jamoasini Jasur Abduraimov murabbiy sifatida tayyorlamoqda. Kelishuvga ko‘ra, uning 1996 va 1997-yilda tavallud topgan futbolchilari Rossiyaning shu yoshdagi termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Qiziq tomoni, har ikki mamlakatning 1996-yilda tug‘ilgan futbolchilari o‘z qit’asining chempionlari hisoblanadi. Rossiya o‘smirlari 2012-yil Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, Dilshod Nuraliyev murabbiylik qilgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida zafar quchgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun shu yilning 15-iyulida start oladigan saralash bosqichidan omon chiqishi kerak. Saralash o‘yinlariga BAA mezbonlik qiladi.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...