» » Foto: Olov ichida qolgan Avstraliya

Foto: Olov ichida qolgan Avstraliya


Avstraliya janubi-sharqidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Mamlakat hukumati olovga qarshi kurash uchun 3 mingdan ortiq harbiy jalb etilganini ma’lum qildi. Tabiiy ofat manzaralari — quyidagi fotoreportajda.

Avstraliya janubi-sharqiy sohillaridagi o‘rmon yong‘inlari 2019-yil oktabridan beri davom etmoqda.

Vaziyat Yangi Janubiy Uels va Viktoriya shtatlarida ayniqsa og‘ir ko‘rinish olgan.

5-yanvardagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 23 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yana olti kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda.

The Canberra Times nashri yong‘inlar sabab Avstraliya poytaxti Kanberradagi havoning ifloslanganlik darajasi favqulodda ko‘rsatkichdan 26 barobarga oshib ketgani haqida yozgan edi. Keyinchalik daraja sezilarli pasaygan, biroq hamon normadan bir necha barobar yuqori bo‘lib turibdi.

Associated Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 12,4 million akr (taxminan 5 million gektar) yerdagi o‘rmon yonib ketgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 1,5 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Yong‘in yuz berayotgan hududlarni qora tutun qoplab olgani bois, quyosh nuri ko‘rinmayapti. Ayrim joylarda olovni tornado kuzatilgani aytilmoqda.

Odamlar olovdan qochib, sohil bo‘yida evakuatsiyani kutmoqda. Suratda — Viktoriya shtatining Mallakuta shahri aholisi Avstraliya harbiy dengiz kuchlarining Sycamore kemasida xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda.

Yong‘inlar vaqtida kamida 8 ming koala halok bo‘lgan.

Mamlakatda yaqin uch oy davomida jazirama havo hukmron qilishi kutilmoqda, bu esa yong‘inlarning, katta ehtimol bilan, hali uzoq davom etishini anglatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют