» » O‘zbekistonda masjidlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda masjidlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2019-yilda 10 ta yangi jome masjid ochildi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shu bilan masjidlar soni 2066 taga yetgan. Jumladan, Toshkent shahrida “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg‘onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagan.

Shuningdek, respublika bo‘ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta’mirdan chiqarilgani, masjidlar qurish va ta’mirlash ishlari 2020-yilda ham davom ettirilishi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют