» » Jomboyda “ZIL” mast piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan

Jomboyda “ZIL” mast piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan


4-yanvar kuni soat 21:10 larda Samarqand viloyati Jomboy tumanidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi, deb xabar qiladi IIV YHXBB axborot xizmati.

“Olmata—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 1071-kilometrida 29 yoshli toyloqlik haydovchi “ZIL-130” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida Bulung‘ur tumanida yashagan, 1959-yilda tug‘ilgan Q.B. voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzuga doir: Namanganda Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yo‘l-transport hodisasi piyodaning yo‘lni piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan, mast holda kesib o‘tishi oqibatida sodir etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют