» » Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilarini olib ketayotgan avtobus Nexia bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilarini olib ketayotgan avtobus Nexia bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi


Shu yil 5-yanvar kuni soat 06:40 atrofida Navoiy viloyati, Konimex tumani, Navoiy—Zarafshon trassasining 61-kilometrida Nexia rusumli avtomobil Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlarini olib ketayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yo‘l transport hodisasi ishtirokchisiga aylangan 19 nafar fuqarodan 10 nafarining ahvoli yaxshi bo‘lganli bois uyiga javob berilgan.

Ushbu avtohalokat natijasida ikki kishi — Tomdi tumandan 58 yoshli A.M. va Konimex tumanidan M.U. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. 8 nafar fuqaro esa Konimex tumani, Zafarobod posyolkasidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 5-sonli tibbiy sanitariya qismiga tez tibbiy yordam brigadasi yordamida olib kelindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur tibbiy sanitariya qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialidan malakali neyroxirurg va travmatolog mutaxassislar sanitar aviatsiyasi orqali jo‘natildi.

Jarohatlanganlar — Tomdi tumanidan 18 yoshli A.A., 46 yoshli A.N. va 20 yoshli A.K., Konimex tumanidan 14 yoshli A.J., 41 yoshli A.J. va 56 yoshli B.K., Zafarobod posyolkasidan 20 yoshli N.S. hamda 27 yoshli S.Sh. zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ulardan bittasining ahvoli og‘ir, uchtasining ahvoli esa esa o‘rtacha og‘irlikda, qolgan to‘rt nafarining ahvoli qoniqarli darajada.

“Ayni paytda ularning ahvoli malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmokda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют