» » AQSh Suriya hukumati aviabazasiga bergan zarbada to‘rt harbiy halok bo‘ldi

AQSh Suriya hukumati aviabazasiga bergan zarbada to‘rt harbiy halok bo‘ldi


AQSh Suriyaning Xoms provinsiyasidagi Shayrat aviabazasiga bergan raketali zarba natijasida to‘rt nafar suriyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Suriyadagi Inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan monitoring markaziga tayanib.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika qanotli raketalari bilan berilgan zarba Suriya harbiy-havo kuchlari bazasini deyarli to‘liq vayron qilgan.

Hujum natijasida Suriya armiyasining to‘rt nafar harbiysi, shu jumladan, bir ofitser halok bo‘lgan.

Suriya mudofaa vazirligi hozircha AQShning aerodromga hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqmadi.

7-aprelga o‘tar kechasi AQSh Xoms provinsiyasidagi Suriya HHK aerodromiga zarba berdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, aviabaza hududiga qarata 59 ta Tomahawk qanotli raketasi uchirilgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют