» » Peskov: Putin AQShning Suriya bazasiga hujumini suveren davlatga qarshi tajovuz deb hisoblaydi

Peskov: Putin AQShning Suriya bazasiga hujumini suveren davlatga qarshi tajovuz deb hisoblaydi


AQShning Suriyadagi obyektlarga hujumi tajovuz bo‘lib, Rossiya—Amerika munosabatlari bilan birga terrorizmga qarshi umumiy kurashga ham zarar yetkazadi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mazkur fikrlarini uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Prezident Putin Suriya bo‘ylab Amerika zarbalarini o‘ylab chiqilgan vaj ostida xalqaro huquq normalarini buzgan holda suveren davlatga qarshi tajovuz deb hisoblaydi”, — dedi Peskov.

U Suriya armiyasi kimyoviy qurollar zaxirasiga ega emasligini ta’kidladi. “Suriya qurolli kuchlarining barcha kimyoviy qurol zaxiralari yo‘q qilinganligi fakti BMT ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan edi”, — eslatib o‘tdi matbuot kotibi.

“Vashingtonning ushbu harakati shusiz ham ayanchli avholda bo‘lgan Rossiya—Amerika munosabatlariga katta ziyon yetkazadi”, — deya ta’kidladi Peskov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют