» » Zoir Mirzayev jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazdi. Bu payt jurnalist va blogerlarning aksariyati ko‘chada qoldi

Zoir Mirzayev jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazdi. Bu payt jurnalist va blogerlarning aksariyati ko‘chada qoldi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev jurnalist va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazayotgan payt viloyatdagi aksariyat jurnalist va blogerlar ko‘chada qolgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6-yanvar, dushanba kuni viloyat hokimligida jurnalist va blogerlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tishi aytilgan. Ammo brifingga viloyatning aksariyat jurnalist va blogerlari kiritilmagan.

— Hokim jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazadi deb e’lon berishgandi, ammo aksariyat jurnalist va blogerlar bu payt ko‘chada o‘tirdik, — deydi jurnalist Gulilaylo Tugalova. — Soat 13:50 da aytilgan joyga keldik. Ammo eshik yopiq ekan. 14:20 gacha kutdik. Natija bo‘lmagach, hokimlik qabul bo‘limiga bordik. 10 nafar jurnalist va bloger brifingga kirishimiz lozimligini aytdik.

Brifing payti ko‘chada qolgan jurnalist va blogerlarning aytishicha, brifing soat 13:30 da boshlangan.

— Brifing jurnalist va blogerlar uchunmi yoki hokimiyat xodimlari uchunmi, bunday tartibda brifing o‘tkazib, ko‘zbo‘yamachilik qilish kimga kerak, — deydi jurnalist Sitora Qahharzoda.

Brifingga qatnashgan jurnalistlarning aytishicha, ichkariga kirayotgan OAV xodimlarining telefoni va diktofoni olib qo‘yilgan.

— Brifingning boshlanish vaqti AOKAning viloyat mas’ullari tomonidan soat 14:00 deyilgandi, ammo qo‘riqlash xodimlari brifing 13:30 da boshlangan deyishdi, — deydi jurnalist Bekzod Nazarov. — Ro‘yxatga olish vaqti falon payti tugaydi deyishganda biz o‘shanga qarab ish ko‘rardik. Alamlisi, biz brifing uchun kelib, brifing tugagunga qadar bir soat ko‘chada o‘tirdik.

Bloger Samandar Arabov aytilgan manzilga soat 13:00 da kelganini, ammo barcha eshiklar yopiq ekanligini aytmoqda.

— Soat 13:00 da hokimiyatga keldim, avval hokimiyat binosining orqa tomonidagi zalga, keyin oldi tomonidagi zalga o‘tdim, ammo zalga kirish eshiklari yopiq ekan, — deydi bloger Samandar Arabov. — Sovuqda ko‘chada o‘tirdik.

Brifingda qatnashgan sanoqli jurnalist va blogerlarning ma’lumot berishicha, ba’zi OAV xodimlariga qo‘l telefonlari-yu, diktofon olib kirishga ruxsat berilgan.

— Men internet jurnalisti sifatida olingan ma’lumotni imkon qadar tez o‘quvchilarga yetkazishni istayman, ammo brifingga na telefon, na diktofon olib kirishga ruxsat berishdi, — deydi Nasafnews jurnalisti Xurshida Uzoqova. — Lekin kazo-kazo OAVlarga bu taqiq amal qilmaydi. Bu tabaqalash-ku. Nega OAVlarni bir-biridan bunday ajratishadi?

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga holatni izohlashicha, ko‘chada qolgan jurnalist va blogerlar brifingga kechikib kelgan. Ammo brifing jurnalist va blogerlar uchun.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют