» » Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish uchun 1,4 mlrd dollar ajratiladi

Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish uchun 1,4 mlrd dollar ajratiladi


Avstraliya hukumati 2019-yilning noyabr oyidan beri mamlakatni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish uchun 1,4 milliard dollar ajratmoqchi. Bu haqda Reuters’ga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

“Bu erda odamlarning hayotini tiklash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarga tayanamiz”, — degan mamlakat bosh vaziri Skot Morrison. Shuningdek, agar zarur bo‘lsa, qo‘shimcha mablag ajratilishini ham aytib o‘tgan.

Yong‘in Avstraliya janubi-sharqiy sohillarini qamrab olgan bo‘lib, oqibatda qariyb 24 kishi halok bo‘lgan, hududning hayvonot dunyosi jiddiy zararlangan. Yong‘inlar oqibatida kamida 8 mingta koala nobud bo‘lgan. Ayrim tumanlarda olovli tornado kuzatilmoqda.

Yanvar oyi boshida halokat ko‘lami aks etgan suratlar e’lon qilingan edi.

Olovga qarshi kurash uchun 2,5 ming o‘t o‘chiruvchi va yuzlab maxsus texnika, xususan, 90 ta samolyot jalb etilgan. Hafta oxiriga borib shtatda favqulodda jazirama va quruq havo hukmronlik qilishi, kuchli shamol esishi kutilmoqda, bu esa o‘t o‘chiruvchilarning ishini yanada og‘irlashtirmoqda.

Mavzuga doir: Avstraliya poytaxtida havoning ifloslanish darajasi o‘rmon yong‘inlari tufayli me’yordan 26 baravarga oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют