» » Toshkentda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan “Amir Temur ma’naviy jasorat sohibi“ mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zA.

O‘zbek davlatchilik tarixida buyuk nom qoldirgan ulug‘ sarkarda Amir Temur xotirasini yod etish, yoshlar qalbiga tarixiy xotira, buyuk o‘tmishga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda taniqli olimlar, san’atkorlar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri G.Isoqova va boshqalar O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi haqida so‘z yuritdi.

Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi ma’ruzalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna asarlaridan monologlar o‘qidi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 12:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют