» » Angrenda “Jiguli” haydovchisi mast piyodani urib yubordi

Angrenda “Jiguli” haydovchisi mast piyodani urib yubordi


Toshkent viloyati Angren shahar Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXBB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, voqea 5-yanvar kuni soat 02:15 larda yuz bergan.

Angren shahrida yashovchi 33 yoshli haydovchi S.R. “Jiguli” (“Vaz-2106”) avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tish maqsadida to‘satdan yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolgan, shu shaharda yashovchi mast holdagi 39 yoshli piyoda B.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yuk mashinasi piyodani urib yuborib qochib ketgani, Jomboyda yo‘lni piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan mast holda kesib o‘tgan erkakni “ZIL-130” yuk mashinasi urib ketgani xabar berilgan edi. Har ikki holatda ham piyodalar voqea joyida vafot etgan.

Surxondaryoda esa Lacetti haydovchisi YTH sodir etib, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmagan va oqibatda piyoda halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют