» » Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san’atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi

Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san’atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi


Joriy yil aprel oyida Toshkent shahri sahnalarida Rossiyaning mashhur san’atkorlari — dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri, balerina Diana Vishnyova va mazkur teatr balet truppasi hamda dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri chqishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi. 

13-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida rossiyalik atoqli dirijyor, Mariinskiy teatri badiiy rahbari Valeriy Gergiyev boshchiligidagi teatr simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi. Mashhur sozandalar bilan birgalikda sahnaga o‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ham ko‘tariladi.

14-aprel kuni Rossiya xalq artisti, Diana Vishnyova o‘zbekistonlik muxlislarni o‘z san’atidan bahramand etadi. Mariinskiy teatri prima-balerinasi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadigan kechada “Karmen-syuita” baletini taqdim qiladi. Shuningdek, teatr balet truppasi solistlari tomonidan “Don Kixot”, “Oqqush ko‘li”, “Anna Karenina”, “Shahrizoda” va boshqa balet asarlaridan parchalar namoyish etiladi.

26-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri konsertiga mezbonlik qiladi. Kechada rossiyalik yetakchi opera solistlari — Anna Aglatova, Vasiliy Ladyuk va maxsus mehmon — O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ham ishtirok etadi.

Toshkentdagi mumtoz san’at kechalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют