» » O‘zbekistonda avval uchramagan hayvonlar ilk bor kameraga tushirildi (foto)

O‘zbekistonda avval uchramagan hayvonlar ilk bor kameraga tushirildi (foto)


Ustyurt sahrosidagi “Saygachiy” majmua landshaft qo‘riqxonasi hududlarida qurilgan tuzoq kameralarga O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan g‘aroyib hayvonlar va qushlar tushib qoldi, deb xabar beradi O‘zA.

Markaziy Osiyo cho‘l tashabbusi (CADI) loyihasi eksperti, biologiya fanlari nomzodi Natalya Marmazinskaya o‘zining Facebook’dagi sahifasida ulashgan ma’lumotiga ko‘ra Markaziy Osiyo cho‘l tashabbusi (CADI) loyihasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan dala tadqiqot ishlarida O‘zbekistonda kam uchraydigan hayvonot turlarining Ustyurtda paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lgan.

Jumladan, O‘zbekiston uchun yangi tur – oddiy lazorevka (Cyanistes caeruleus) qushini aynan Ustyurtda suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Loyiha doirasida 2019-yil aprel oyida “Saygachiy” majmua landshaft qo‘riqxonasi va Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi hududida dala tadqiqot ishlari o‘tkazilgan va natijaga ko‘ra biologik xilma-xillik darajasi yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan, ekotizimlar va turlarning hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumotlar olingan.

2019-yil noyabr oyi boshida loyiha guruhi “Saygachiy“ majmua landshaft qo‘riqxonasi inspektorlari bilan birgalikda Ustyurtda ushbu qo‘riqxonaga qarashli asosiy landshaftlari bo‘lgan Duana, Jideli, Almambet, Churuk, Beleuli hududlariga 10 ta kamera o‘rnatgandi.

Kamera tuzoqlari ishining dastlabki natijalari 8 turni tashkil etdi, ulardan 2 turi (turkman karakali va korsak) O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют