» » “Real” Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani ma’lum qildi. Ikki yetakchi musobaqani o‘tkazib yuboradi

“Real” Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomani ma’lum qildi. Ikki yetakchi musobaqani o‘tkazib yuboradi


Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi musobaqasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan tarkibni e’lon qildi.

Zinedin Zidan qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritgan. Mazkur musobaqani jarohat sabab “Real” hujumchilari Garet Beyl va Karim Benzema o‘tkazib yuboradi.

“Real”ning Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Alfons Areolya, Diyego Altube, Tibo Kurtua;

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo, Ferlan Mendi, Nacho, Alvaro Odriosola;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Xames Rodriges;

Hujumchilar: Lukas Vaskes, Luka Yovich, Rodrigo Goes, Vinisius Junior, Brahim Dias, Mariano Dias.

Ma’lumot uchun, “Real” yangi formatdagi Superkubok yarim finali doirasida 8-yanvar, payshanba kuni “Valensiya” bilan bahs yuritadi. Ushbu juftlikda zafar quchgan jamoa “Barselona” — “Atletiko” uchrashuvi g‘olibi bilan finalda kuch sinashadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют