» » General Qosim Sulaymoniyning dafn marosimidagi tiqilinchda 35 kishi halok bo‘ldi

General Qosim Sulaymoniyning dafn marosimidagi tiqilinchda 35 kishi halok bo‘ldi


Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimidagi tiqilinchda 35 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi Eron davlat televideniyesiga asoslanib. “Interfaks”ning Eron TVga asoslanib qo‘shimcha qilishicha, tiqilinchda 190 kishi tan jarohati olgan.

Tiqilinch motam yurishi boshlanganidan so‘ng yuz bergan, unda ishtirok etish uchun Kirmon (Sulaymoniyning ona shahri) ko‘chalariga qancha odam chiqqaniga aniqlik kiritilmayapti.

Associated Press’ning aniqlik kiritishicha, Tehronda 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan motam yurishida milliondan ortiq odam ishtirok etgan. 4-yanvar kuni Bag‘dodning shialar yashaydigan hududida ham general bilan vidolashuv bo‘lib o‘tgan edi.

General Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni, AQSh aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Pentagon bayonotiga ko‘ra, eronlik general AQSh prezidentining buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan — Tramp Sulaymoniyni birinchi raqamli terrorchi deb atagan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют