» » Ohangaronlik ayol 3 oylik farzandini 400 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Ohangaronlik ayol 3 oylik farzandini 400 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi


Toshkent viloyatida ona uch oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi.

Joriy yilning 3-yanvar kuni IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi.

Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.

G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют