» » La Ligada birinchi davra yakunlari: eng yaxshilar, kashfiyotlar va omadsizlardan iborat ramziy terma jamoalar tuzildi

La Ligada birinchi davra yakunlari: eng yaxshilar, kashfiyotlar va omadsizlardan iborat ramziy terma jamoalar tuzildi


Ispaniyaning Marca nashri La Liga 2019/20-yilgi mavsumi birinchi davrasi yakunlari bo‘yicha bir nechta ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Primera birinchi yarmining ramziy terma jamoasidan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:

Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”)

Himoyachilar: Xose Gayya (“Valensiya”), Diyego Karlos, Xesus Navas (ikkisi — “Sevilya”), Xerard Pike (“Barselona”)

Yarim himoyachilar: Federiko Valverde (“Real”), Santi Kasorla (“Vilyarreal”), Martin Edegor (“Real Sosyedad”)

Hujumchilar: Karim Benzema (“Real”), Lionel Messi, Luis Suares (ikkisi – “Barselona”).

Marca talqiniga ko‘ra, mavsum kashfiyotlari ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Unai Simon (“Atletik”)

Himoyachilar: Felipe (“Atletiko”), Pau Torres (“Vilyarreal”), Domingush Duarte (“Granada”)

Yarim himoyachilar: Lukas Okampos, Fernando Rejes (ikkisi – “Sevilya”), Andre-Frank Zambo-Angissa (“Vilyarreal”), Ruben Garsiya (“Osasuna”)

Hujumchilar: Rodrigo Goes (“Real”), Chimi Avila (“Osasuna”), Ferran Torres (“Valensiya”).

Shuningdek, mavsumni kutilganidan yomonroq boshlagan futbolchilardan iborat “mavsum hayratlari” ramziy terma jamoasi ham tuzildi.

Darvozabon: Andrey Lunin (“Valyadolid”)

Himoyachilar: Jan-Kler Todibo, Xunior Firpo (ikkisi — “Barselona”), Fernando Kalero (“Espanol”)

Yarim himoyachilar: Roni Lopesh (“Sevilya”), Denis Suares (“Selta”), Markos Lyorente, Joau Feliks (ikkisi — “Atletiko”)

Hujumchilar: Luka Yovich (“Real”), Lyuk de Yong (“Sevilya”), Borxa Iglesias (“Betis”).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют