» » O‘zbekistonda “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilinmoqda


O‘zbekistonda “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shunga oid petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifiga ko‘ra bugungi kunda mahalliy kengashlardagi deputatlar o‘z vazifalarini to‘liq bajarmaydi. Shu uchun aholining ko‘pchiligi mahalliy kengashlarning deputatlari sayloviga unchalik katta qiziqish bildirmaydi. Chunki ularning faoliyati natijalarini ko‘rib bo‘lmaydi. Aslida eng ko‘p ishlashi lozim bo‘lgan va xalq bilan eng yaqin muloqotga kirishadigan vakillar mahalliy kengashlarning a’zolari bo‘lishi kerak.

Shu sababli xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining faoliyat reytingini joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu orqali ularning ish samaradorligi oshgan bo‘lar edi.

“Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ‘Deputat reytingi’ onlayn tizimini joriy etish va u bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, — deya fikr bildirgan muallif.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют