» » Tergov departmenti Buxoroda Nexia va Isuzu ishtirokida yuz bergan YTH boyicha malumot berdi

Tergov departmenti Buxoroda Nexia va Isuzu ishtirokida yuz bergan YTH boyicha malumot berdi


Buxoroda Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilarini olib ketayotgan avtobus Nexia bilan toqnashgani va oqibatda ikki kishi halok bolgani haqida xabar berilgan edi. Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur YTH boyicha malumot berdi.

Malum qilinishicha, Buxoro viloyati Gijduvon tumani Zafarobod qorgoni hududidan otuvchi NavoiyZarafshon A-379 avtomobil yolida 2020-yil 5-yanvar kuni taxminan soat 06:45 da yol-transport hodisasi yuz bergan.

46 yoshli A.N. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasida meyoridan ortiqcha yolovchi bolgan. Jami 5 nafar yolovchi bilan birga Konimex tumani Zafarobod shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan Nexia yolning 60-kilometriga yetganida haydovchi boshqaruvni yoqotib, oziga nisbatan qarama-qarshi yonalishda harakatlanib kelayotgan 50 yoshli U.X. boshqaruvidagi Navoiy kon metollurgiya kombinatiga tegishli Isuzu rusumli avtobus bilan yuzma-yuz toqnashib, yol-transport hodisasi sodir qilgan.

YTH oqibatida Nexia yolovchisi, 58 yoshli M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, yengil avtomashinaning va avtobusning qolgan yolovchilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Nexianing boshqa yolovchisi, 29 yoshli T.M. korsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasi ichida bolgan yana bir yolovchi ogir ahvolda, avtobusdagi 4 nafar yolovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar olimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qozgatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-01-2020, 21:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -