» » Liga Kubogi. “Man Siti” “Old Trafford”da “Yunayted”ni taslim qildi, Bernardu Silvadan super gol (video)

Liga Kubogi. “Man Siti” “Old Trafford”da “Yunayted”ni taslim qildi, Bernardu Silvadan super gol (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining birinchi yarim final bahsi 7-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Manchester shahrining ikki klubi o‘zaro bellashdi.

“Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Manchester Siti”ning qo‘li baland keldi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Bernardu Silva jarima maydoni tashqarisidan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

33-daqiqada Riyod Mahrez “shaharliklar”ning ikkinchi golini urdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Andreas Pereyra o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob yirik ko‘rinish oldi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib “Manchester Yunayted” futbolchilari hisobni qisqartirishga erishdi. 70-daqiqada Markus Reshford jamoasining tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunladi.

Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari ilk bahsda g‘alaba bilan ortga qaytdi. Ushbu jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 30-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Liga Kubogi

Yarim final, ilk bahs

7-yanvar, seshanba

Gollar: 0:1 – 17 Bernardu Silva, 0:2 – 33 Marez, 0:3 – 38, avtogol Pereyra, 1:3 – 70 Reshford.

“Manchester Yunayted” — De Xea, Uan-Bissaka, Uilyams, Lindelyof, Jons, Lingard (Matich, 46), Fred, Pereyra, Jeyms (Gomes, 64), Grinvud (Marsiyal, 81), Reshford.

“Manchester Siti” — Bravo, Uoker, Mendi, Otamendi, Bernardu Silva, Gundo‘g‘an, Sterling, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 80), Mahrez (Foden, 86), Fernandinyo, Rodri Ernandes.

Ogohlantirishlar: Lingard (35), Fred (52), Rodri Ernandes (63), Uilyams (73), Uoker (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют