» » Azim Ahmadxo‘jayev Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Azim Ahmadxo‘jayev Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan Azim Ahmadxo‘jayevni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Prezidentning joriy yil 31-martdagi farmoni bilan tashkil etilgan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi yagona investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga javobgar hisoblanadi.

Azim Ahmadxo‘jayev 1979-yilda tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘tgan yil may oyidan boshlab “Asaka” bankini boshqarib kelayotgandi.

Bunga qadar O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ng raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют