» » “Avto oltmish oy” MChJ bilan bog‘liq jinoyat ishining yangi tafsilotlari ma’lum qilindi

“Avto oltmish oy” MChJ bilan bog‘liq jinoyat ishining yangi tafsilotlari ma’lum qilindi


IIV Tergov departamenti mas’ul xodimi Adhamjon Abdullayev “Avto oltmish oy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Jamshid Bahodirov o‘zining jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, ‘Avto oltmish oy’ va Catalea Media MChJ va YaTT ‘J.Baxodirov’ni tashkil etib, 3 oy muddat ichida O‘zbekistonda UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib, jami 18 mingdan ortiq fuqarolardan avtomashina rusumiga qarab, 1 million so‘mdan 10 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul olib, jami 57 milliard so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

2019-yil 21-oktabr kuni J.Bahodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Bundan tashqari, 2019-yil 11-noyabr kuni ushbu jinoyatga aloqdor yana 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan va ularga ham tegishli ehtiyot choralari tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tintuv-tergov harakati davomida olingan kompyuter texnika vositalari, 3 ta Spark, 1 ta Trecker, 1 ta Damas, 1 ta Lacetti rusumli, jamiyat xodimlariga tegishli avtomashinalar, 28 ta turli rusumdagi umumiy qiymati 2,1 milliard so‘m bo‘lgan avtomashinalar xatlangan.

Adham Abdullayev, Tergov departamenti mas’ul xodimi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunga kelib jinoyat ishi yuzasidan jami 16 ming 800 nafar kishi so‘roq qilingan.

Ma’lum qilinishicha, yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 milliard so‘mga teng. Shundan 44 milliard so‘mi undirilgan (26,1 milliard so‘mi naqd pul shaklida). Jami 17,9 milliard so‘mlik mol-mulk xatlangan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va jinoyat ishi yakuniga ko‘ra OAV vakillari bilan uchrashuv (brifing) tashkil etiladi”, – deya qo‘shimcha qildi Tergov departamenti rasmiy vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabrida “Avto oltmish oy” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют