» » Kirmonda general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi boshlandi

Kirmonda general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi boshlandi


Eronning Kirmon shahrida amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan Islomiy inqilob muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi boshlandi, deya xabar bermoqda Press TV telekanali.

Qosim Sulaymoniy bilan vidolashuv marosimi 7-yanvar kuni boshlangan, marosim vaqtida shahar ko‘chalariga minglab odamlar chiqishi oqibatida tiqilinch yuz berib, 56 kishi halok bo‘lgan edi. Dafn marosimi mahalliy vaqt bilan 14:00—16:00 oralig‘ida shahidlar qabristonida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq general bilan vidolashish istagidagilarning ko‘pligi bois, marosim boshqa sanaga qoldirilgan edi.

Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni, AQShning Bag‘dod aeroporti yaqinidagi marraga aviazarba berishi oqibatida halok bo‘lgan edi. Tehron o‘z generalining o‘limi uchun AQShdan o‘ch olishga va unga “qaqshatqich zarba” berishga va’da bergan. 8-yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi harbiy obyektlariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi. Hozircha ushbu hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Mavzuga doir: Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют