» » Tramp Eronning Amerika bazalariga hujumi yuzasidan bayonot beradi

Tramp Eronning Amerika bazalariga hujumi yuzasidan bayonot beradi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan “kechroq” bayonot berishni va’da qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hujum oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash jarayoni ketmoqda.

“Hammasi yaxshi! Raketalar Erondan Iroqda joylashgan ikkita harbiy baza tomon uchirilgan. Hammasi ko‘ngildagidek ketmoqda! Bugungi kunda bizda jahondagi eng qudratli va eng yaxshi ta’minlangan harbiylar bor! Men (Amerika vaqti bilan) tongda bayonot beraman”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Mavzuga doir: Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi

Xabar berishlaricha, Eronning Amerika harbiy bazalariga hujumidan so‘ng, Oq uyda milliy xavfsizlikning yuqori martabali vakillari, xususan, davlat kotibi Mayk Pompeo, vitse-prezident Maykl Pens va Pentagon rahbari Mark Esper ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan. CNN’ning xabar berishicha, yig‘ilish yakuniga yetishi bilan, prezident Donald Tramp Amerika xalqiga murojaat qilishi kutilgan edi.

Keyinroq esa Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem bugun Donald Tramp ma’muriyatidan ortiq hech qanday bayonot bo‘lmasligi, prezident chiqish qilmasligi va bu umuman rejalashtirilmagan hamligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют