» » Eron AQSh harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumni “munosib javob” va “o‘z o‘zini mudofaa qilish” deb atadi

Eron AQSh harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumni “munosib javob” va “o‘z o‘zini mudofaa qilish” deb atadi


Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning ma’lum qilishicha, Tehron Iroqdagi Amerika bazalariga hujum uyushtirib, munosib harakat qildi. U ushbu fikrni BMT Nizomining o‘z o‘zini mudofaa qilish to‘g‘risidagi 51-moddasiga asoslanib bergan — unga ko‘ra, BMT a’zosiga qurolli hujum qilingan vaqtda, a’zo o‘z o‘zini mudofaa qilishga haqli.

“Eron BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, o‘z o‘zini mudofaa qilish maqsadida, bizning fuqarolarimiz va yuqori martabali shaxslarimizga qarshi qo‘rqoqlarcha hujum boshlangan harbiy bazani nishonga olib, munosib choralar ko‘rdi”, — deb yozdi Zarif Twitter’dagi sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron keskinlikni oshirish yoki urush keltirib chiqarish uchun harakat qilmaydi, biroq har qanday agressiyadan himoyalanadi.

Mavzuga doir: Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi

8-yanvar kuni Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergani ma’lum bo‘ldi. Pentagondan ma’lum qilishlaricha, Asad va Arbildagi ikkita bazaga Erondan o‘ndan ortiq raketa uchirilgan. Hujum uchun javobgarlikni Islomiy inqilob muhofizlari korpusi o‘z zimmasiga olgan.

Korpus bayonotida ta’kidlanishicha, korpusning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning AQSh harbiylari tomonidan o‘ldirilishiga javoban, Eron “Shahid Sulaymoniy” nomli maxsus operatsiya boshlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют