» » AQSh Fors va Ummon ko‘rfazlari, Iroq va Eron uzra parvozlarni taqiqladi

AQSh Fors va Ummon ko‘rfazlari, Iroq va Eron uzra parvozlarni taqiqladi


AQSh Federal aviatsiya administratsiyasi (FAA) harbiy bo‘lmagan samolyotlarning Iroq, Eron, Fors va Ummon ko‘rfazi suvlari ustidan parvozlarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Cheklov Iroqdagi AQSh bazalariga uyushtirilgan raketa hujumlariga bog‘liq.

“FAA Yaqin Sharqdagi vaziyatni monitoring qilishda davom etadi. Biz ittifoqdoshlarimiz bilan o‘z harakatlarimizni muvofiqlashtirishni hamda Amerika aviatashuvchilari va xorij fuqarolik aviatsiya rahbarlari bilan ma’lumotlarni bo‘lishishda davom etamiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Tramp Eronning Amerika bazalariga hujumi yuzasidan bayonot beradi

Bugun, 8-yanvar kuni Eron AQShning Iroqdagi koalitsiya kuchlariga qarashli harbiy obyektlarga hujum uyushtirdi. Pentagon vakili Jonatan Xoffmanning aytishicha, Asad va Arbildagi harbiy bazalarga o‘nlab raketalar uchirilgan. Bunga eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh tomonidan o‘ldirilgani sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют