» » AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga hujumi aks etgan dastlabki video paydo bo‘ldi

AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga hujumi aks etgan dastlabki video paydo bo‘ldi


Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga hujumi aks etgan dastlabki lavhalar paydo bo‘ldi. “RBK”ning xabar berishicha, video IRIB News Agency tomonidan e’lon qilindi.

Videoda tungi osmonda olovli snaryadlar uchib ketayotganini ko‘rish mumkin. Press TV ham Twitter’dagi sahifasida shunga o‘xshash video joylagan bo‘lib, “General Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban Al-Asad aviabazasiga qaratilgan birinchi raketalar” deya izoh qoldirilgan.

???? ???????? JUST IN ???????? ????

PRESS TV EXCLUSIVE

First #IRGC footage emerges showing #Iran missiles targeting #AinAlAssad airbase in #Iraq in response to General #Soleimani's assassination.#GeneralSoleimani #DecisiveResponse #SoleimaniAssassination pic.twitter.com/vpXA0HvLXG

— Press TV (@PressTV) January 7, 2020

Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgan. Ayni paytda Vashington hujum oqibatida yetkazilgan zararni hisoblamoqda. CNN manbasining aytishicha, Ayn al-Asad bazasi o‘qqa tutilganidan keyin jabrlanganlar orasida iroqliklar bor.

Eron AQSh harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumni “munosib javob” va “o‘z-o‘zini mudofaa qilish” deb atagan edi.

Pentagon vakili Jonatan Xoffmanning aytishicha, Asad va Arbildagi harbiy bazalarga o‘nlab raketalar uchirilganiga eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh tomonidan o‘ldirilgani sabab bo‘lgan.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng AQSh Federal aviatsiya administratsiyasi (FAA) harbiy bo‘lmagan samolyotlarning Iroq, Eron, Fors va Ummon ko‘rfazi suvlari ustidan parvozlarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi.

Avvalroq Eronda Ukrainaning Boeing samolyoti qulagani xabar berilgan edi. OAVda paydo bo‘lgan ilk ma’lumotlarda samolyot bortida 180 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani aytilgan edi. Keyinroq aeroport vakili “RIA Novosti” agentligiga samolyotda 167 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qilgan. Eronning Tasnim agentligi Ukrainaga tegishli Boeing 737 samolyotining Tehronda falokatga uchragan joyidan suratlarni e’lon qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют