» » Suhbatlashish vaqtidagi yomon odatlar

Suhbatlashish vaqtidagi yomon odatlar


Yoqimli suhbatdosh bo‘la olish – arofdagilar qadrlaydigan qobiliyat hisoblanadi. Lekin bu faxriy unvonga loyiq bo‘lish uchun o‘ta bilimdonlik, yoqimli ovoz va so‘z boyligining o‘zi kifoya qilmaydi. Suhbatlashish paytida qanday yomon odatlar odamlarning ixlosini qaytaradi? Muloqot qilish yoqimsiz va qiziqarsiz bo‘lishiga bir necha sabablar mavjud.

Ba’zilar yangi mashinasini yoki katta ish haqini maqtash orqali atrofdagilarda taassurot qoldirishlariga ishonadi. Lekin aqlli odamlar ularni be’mani va qizig‘i yo‘q deb hisoblaydi.

Hamma maslahat berishni yaxshi ko‘radi. Kimdir o‘zining muammolarini gapira boshlasa, birinchi bo‘lib aqlingizga qo‘llab-quvvatlash, fikr bildirish, tajriba almashish keladi. Lekin ba’zan odamning birovga dardini aytishi kerak bo‘ladigan paytlar ham bo‘ladi.

Shunday odamlar borki, hamma gapni o‘zlari to‘g‘risidagi gapga burib yuboraveradi. Bu juda g‘ashga tegadi. Quyida yoqimsiz suhbatdosh degan nomni olishga sabab bo‘luvchi eng keng tarqalgan yomon odatlarni keltirmoqchimiz:

a) Har doim suhbatdoshining gapini kesib, o‘zi haqida gapira boshlash.
b) Suhbat paytida suhbatdoshining gapini tinglash o‘rniga, o‘zi gapirish uchun navbat kutish.
v) Haddan tashqari ko‘p gapirish.

G‘iybat qilish va atrofdagilarni muhokama qilish – bu havaskorlar uchun bir ermak. Shubhasiz bunday gaplar boshqalardan ustunlik hissini uyg‘otadi, lekin shu bilan birga ular ko‘plab salbiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Manba: “Psychologytoday.com”

Опубликовано: admin (7-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют