» » Eronda general Qosim Sulaymoniy dafn etildi (video)

Eronda general Qosim Sulaymoniy dafn etildi (video)


Eronning Kirmon shahrida AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ISNA agentligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dafn marosimiga yuzlab odamlar kelgan. Ular jo‘r bo‘lib “Amerikaga o‘lim!” deya hayqirgan.

Dastlab Sulaymoniyni 7-yanvar kuni dafn etish rejalashtirilgan. Biroq dafn marosimida yuz bergan tiqilinch oqibatida 56 kishi halok bo‘lgani va yana 200 kishi jabrlangani sababli vidolashuv marosimi boshqa sanaga qoldirilgan edi.

General Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni AQSh aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Pentagon bayonotiga ko‘ra eronlik general AQSh prezidentining buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan — Tramp Sulaymoniyni birinchi raqamli terrorchi deb atagan edi.

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgan.

AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qilgani uchun Iroq parlamenti Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarib yuborilishi uchun ovoz bergan. Tramp esa amerikalik harbiylar Iroq mamlakatda qurilgan aviabaza uchun pullarni to‘lamagunicha hech qayerga chiqib ketmasligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют