» » Eron 80 nafar “amerikalik terrorchi” o‘ldirilganini ma’lum qildi

Eron 80 nafar “amerikalik terrorchi” o‘ldirilganini ma’lum qildi


AQShning Iroqdagi bir nechta harbiy obyektlariga raketa zarbasi natijasida 80 nafar Amerika harbiysi halok bo‘ldi. Reuters’ning xabar berishicha, bu ma’lumot Eron davlat telekanali tomonidan keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, Eron televideniyesida otishma qurbonlari “amerikalik terrorchilar” deb atalgan. Pentagon bu ma’lumotga izoh bermadi, ammo avvalroq halok bo’lganlar haqida ham ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi bir necha harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgan edi. Tehron buni Bag‘dodda general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganiga javob deb atagan.

Otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar, shuningdek, vayronagarchiliklar yoki texnikalarga talafot yetgani haqida rasmiy ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют