» » Eron Yaqin Sharqdan AQShning “izini quritishga” va’da berdi

Eron Yaqin Sharqdan AQShning “izini quritishga” va’da berdi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShga murojaat qildi va general Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan ularning “qo‘lini kesgani”ga javob tariqasida Yaqin Sharqdan Vashingtonning “izini quritishga” va’da berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ruhoniy ushbu so‘zlarini Eron Amerikaning Iroqdagi harbiy bazalariga zarba berganidan so‘ng vazirlar mahkamasi majlisida aytgan.

Tehron ushbu raketa zarbalari orqali AQSh tomonidan Sulaymoniyning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumga javob qaytardi.

8-yanvar kuni Eron AQShning Iroqdagi koalitsion kuchlari obyektlariga hujum qildi. Eron AQSh harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumni “munosib javob” va “o‘z-o‘zini mudofaa qilish” deb atadi.  Tramp ushbu hujum yuzasidan kechroq bayonot berishini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют