» » Ilon Mask Starlink global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi

Ilon Mask Starlink global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi


Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirilganini e’lon qildi, deb yozmoqda TJournal. Bu shunday internet-sun’iy yo‘ldoshlar guruhining orbitaga uchinchi marta uchirilishi. Birinchi marta 2019-yilning may oyida uchirilgan bo‘lsa, ikkinchisi noyabr oyida bo‘lgandi.

Sun’iy yo‘ldoshlar Falcon 9 raketasida uchirilgan bo‘lib, uning birinchi tayanchi avvalgi uchirishlarda 3 marta foydalanilgan. Bu safar ham raketaning ko‘p martalik tayanchi Atlantika okeanida joylashgan Of Course I Still Love You (“Men albatta seni hamon sevaman”) suzuvchi platformasiga qo‘ngan.

Successful deployment of 60 Starlink satellites confirmed! pic.twitter.com/hA8eUp7dNI

— SpaceX (@SpaceX) January 7, 2020

Ilon Mask kompaniyasi rahbarining ta’kidlashicha, minimal qamrovni ta’minlash uchun yana shuncha miqdordagi sun’iy yo’ldoshdan kamida uch marta uchirilishi kerak.

SpaceX Starlink dasturi ustida ishlashni 2014-yil yakunidan boshlagan. Dastur orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘idan foydalangan holda butun sayyorani Internet bilan ta’minlashi kerak. Umumiy hisobda 2024-yilga qadar orbitaga og‘irligi 100 kilogrammdan 500 kilogrammgacha bo‘lgan 12 mingta qurilmalar chiqarilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют