» » Rossiya Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatadi

Rossiya Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatadi


Moskva Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlar oldini olish va aviatsiya parvozi xavfsizligini ta’minlash haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining maxsus bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

“Rossiya AQSh bilan tuzilgan Suriyadagi operatsiyalar davomida ko‘zda tutilmagan holatlar oldini olish va aviatsiya parvozi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatadi. BMT Xavfsizlik kengashini yuzaga kelgan vaziyatni muhokama etish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin AQShning Suriyadagi aviabazaga hujumini suveren davlatga qarshi tajovuz deb hisoblashini bildirdi. 

Опубликовано: admin (7-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют