» » “Real” Kroos va Modrich super gollar urgan o‘yinda “Valensiya”ni taslim qilib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi (video)

“Real” Kroos va Modrich super gollar urgan o‘yinda “Valensiya”ni taslim qilib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi (video)


Ispaniya Superkubogi musobaqasining yarim finalida 8-yanvar, chorshanba kuni “Real” va “Valensiya” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madridliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Toni Kroos “ko‘rshapalaklar” darvozabonining chalg‘iganidan unumli foydalanib, burchak zarbasidan to‘rg‘ridan-to‘g‘ri darvozani ishg‘ol qildi.

39-daqiqada Isko “qaymoqranglilar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim ham Zinedin Zidan shogirdlarining ustunligida o‘tdi va 65-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinish oldi. Luka Modrich Luka Yovichning uzatmasidan keyin to‘pga antiqa usulda zarba bergan holda darvozani ishg‘ol qildi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida “Real” darvozasi tomon penalti belgilandi, 11 metrlik jarima zarbasini Dani Parexo samarali yakunladi.

Shu tariqa “Real” musobaqa finaliga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda “Barselona” — “Atletiko” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Ispaniya Superkubogi

? final bahsi

8-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 — 15 Kroos, 0:2 — 39 Isko, 0:3 — 65 Modrich, 1:3 — 90+2, penalti Parexo.

“Valensiya” – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (Cherishev, 70).

“Real Madrid” – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют