» » Trampning qarorgohida Xitoy delegatsiyasi a’zolari uchun xona yetmadi

Trampning qarorgohida Xitoy delegatsiyasi a’zolari uchun xona yetmadi


AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Xitoy rahbari Si Szinpin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari uchun xonalar yetmadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Spayserga ko‘ra, Si Szinpin boshchiligidagi delegatsiya Mar-a-Lagoga taklif etildi, biroq tashkilotchilarda mehmon delegatsiya a’zolari soni tufayli xonalar yetishmasligi muammosi yuzaga keldi. 

Shu tufayli barcha delegatsiya a’zolari uchun yaqin oradagi mehmonxonadan joy band qilishga to‘g‘ri keldi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Mar-a-Lago qarorgohida Xitoy rahbari Si Szinpinni qabul qilgani, shu tariqa ikki kunlik AQSh—Xitoy sammiti boshlangani bildirilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют