» » Bag‘dod shahridagi “yashil hudud” yana o‘qqa tutildi

Bag‘dod shahridagi “yashil hudud” yana o‘qqa tutildi


Iroq poytaxti yana o‘qqa tutildi. Bu “yashil hudud” ichida sodir bo‘lgan, deb xabar beradi “Kommersant”.

Mazkur hududda xorij diplomatik missiyalari va Iroq davlat muassasalari joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra “yashil hudud”ga ikki yoki uchta raketa kelib tushgan. Bu “Katyusha” tipiga oid raketa ekanligi aytilmoqda.

Guvohlarning ta’kidlashicha, ikki marotaba portlash sodir bo‘lgan va sirenalar ovozi eshitilgan.

5-yanvar kuni AQShning Bag‘doddagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘lgandi.

Mamlakatda vaziyat Eron generali Qosim Sulaymoniy AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra Bag‘dodda o‘ldirilganidan so‘ng keskinlashdi. Tramp Sulaymoniyni birinchi raqamli terrorchi deb atagan edi.

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgan.

Mavzuga doir:

AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qilgani uchun Iroq parlamenti Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarib yuborilishi uchun ovoz bergan. Tramp esa amerikalik harbiylar Iroq mamlakatda qurilgan aviabaza uchun pullarni to‘lamagunicha hech qayerga chiqib ketmasligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют