» » BMT 2019-yili Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumga xusiylarning aloqasi yo‘q deb hisoblaydi

BMT 2019-yili Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumga xusiylarning aloqasi yo‘q deb hisoblaydi


BMT kuzatuvchilarining maxfiy hisobotida keltirilishicha, Yamandagi isyonchi xusiylar sentabr oyida Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga hujum uyushtirmagan. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

BMTning mustaqil ekspertlari tomonidan Xavfsizlik Kengashiga yuborilgan hisobotda 2019-yil 14-sentabr kuni ikkita neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan hujumlar ortida xusiylar turmagani yozilgan.

BMT kuzatuvchilari hujumda foydalanilgan uchuvchisiz qurilmalar va qanotli raketalar xusiylar nazorati ostidagi Yaman hududidan uchirilishi uchun masofa uzoqlik qilishini bildirgan. Shuningdek, ekspertlar “bu turdagi zamonaviy qurollar Yamanda ishlab chiqarilganiga” ham ishonmagan.

Ta’kidlanishicha, BMT kuzatuvchilariga Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga uyushtirilgan hujumga kim javobgar ekanligini aniqlash vazifasi qo‘yilmagan.

Xusiylarning o‘zi uyushtirilgan hujumlar bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olgan edi. Ular orasida dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash kompaniyalaridan biri — Saudi Aaramco ham bor.

Mavzuga doir:

AQSh esa hujum ortida Eron turganini ta’kidlagan. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga bo‘lgan hujumlarga fors davlati aloqador ekani haqidagi ayblovlarni “asossiz” deb atagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют