» » Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida milliarddan ortiq hayvon halok bo‘ldi

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida milliarddan ortiq hayvon halok bo‘ldi


Avstraliyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida bir milliarddan ortiq turli jonzotlar halok bo‘ldi. Bu haqda Sidney universitetiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Professor Kris Dikmanning hisob-kitoblariga ko‘ra Yangi Janubiy Uelsda 800 milliondan ortiq hayvon halok bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab esa halok bo‘lgan hayvonlar soni milliarddan oshiq.

Dikman tomonidan taqdim etilgan raqamlar Xalqaro yovvoyi tabiat fondining (WWF) 2007-yildagi Avstraliya yovvoyi tabiatiga oid hisob-kitobiga asoslangan. Ushbu raqamlardan foydalangan tadqiqotchilar Yangi Janubiy Uelsdagi sut emizuvchilar, qushlar va reptiliyalarning o‘rtacha populyatsiya darajasini aniqlagan. Shundan so‘ng o‘simliklar maydoni bo‘yicha zichlik hisoblab chiqilgan.

Tadqiqot o‘tkazgan olimlar konservativ raqamlarga tayangan, shu sababli halok bo‘lgan hayvonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: 

Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida millionlab gektar yer yonib ketdi, so‘nggi oy davomida 17 kishi halok bo‘lgan, minglab uylar kulga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют