» » Avstraliya nazorat organi smartfonlar o‘chirib qo‘yilishi va ta’mirlashning talabchan qoidalari tufayli Apple’ni sudga berdi

Avstraliya nazorat organi smartfonlar o‘chirib qo‘yilishi va ta’mirlashning talabchan qoidalari tufayli Apple’ni sudga berdi


Avstraliya raqobat va iste’molchilar huquqini himoya qilish komissiyasi (ACCC) qalbaki va iste’molchilar huquqlari haqidagi tushunchalarni chalg‘itganlik uchun Apple’ga nisbatan Federal sudga da’vo kiritdi, deb yozadi TJournal.

Nazorat organi kompaniya bir necha yuzlab smartfon va planshetni o‘chirib qo‘yib, so‘ngra ular norasmiy servis markazlarida ta’mirlanganligi uchun ularni blokdan ochishni rad etib qonunni buzganligini ta’kidlamoqda.

ACCC bir necha minglab Apple qurilmasini ishdan chiqargan “53-xato” haqidagi xabarlardan so‘ng 2016-yilning fevralida surishtiruv boshlaganligini ta’kidladi. Nazorat organining ma’lumotiga ko‘ra, muammoga duch kelgan ko‘pchilik iste’molchilar smartfon va planshetlaridagi “darz ketgan ekran”ni norasmiy servis markazlarida almashtirgan.

ACCC surishtiruvi Apple qachonlardir “begona” ustaxona xizmatlaridan foydalangan foydalanuvchilarga buzilgan qurilmalarni ta’mirlashni muntazam rad etib kelganligini ko‘rsatdi. Komissiya raisi Rod Simsning so‘zlariga qaraganda, kompaniyaning mazkur harakatlari Avstraliyaning iste’molchilar huquqi to‘g‘risidagi qonun talablarini buzadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют