» » Qoraqalpog‘istonda 26 yoshli erkak 2 yashar qizi va xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osdi

Qoraqalpog‘istonda 26 yoshli erkak 2 yashar qizi va xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osdi


Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 26 yoshli erkak rafiqasi va qizi o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8-yanvar kuni soat 12:00 larda Amudaryo tumani, Qipchoq ovulida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan S.D.ning uyidan o‘zi, turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan qizining jasadi topilgan. S.D.ning xotini 1995-yilda tug‘ilgan F.Sh.ning yuzini jag‘ va bo‘yin sohasida tan jarohatlari bo‘lgan holdagi, voyaga yetmagan 2 yoshli qizi A.S.ning bo‘g‘ishga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari uy yotoqxonasidan topilgan.

Omborxonadan esa xonadon egasi S.D.ning o‘z joniga qasd qilib, o‘zini-o‘zi osib vafot etgan holdagi jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman  prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют