» » “Qishloq qurilish bank”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshiriladi

“Qishloq qurilish bank”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshiriladi


“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalidagi davlat ulushi bankning davlat budjetidagi qarzi hisobiga 780,5 milliar so‘m miqdorida ko‘payadi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga tayanib, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Moliya vazirligi bilan bank o‘rtasida 780 milliard 477 million 399 ming 947 so‘mlik shartnoma tuziladi. Bu haqda “Qishloq qurilish bank” ATB aksiyadorlarining 7-yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qaror qilingan.

“Qishloq qurilish bank” nominal qiymati 119,25 so‘m bo‘lgan 6,5 milliard dona oddiy aksiyalarni chiqaradi. Ushbu aksiyalar yopiq obuna yo‘li bilan Moliya vazirligiga joylashtiriladi.

Hozirgi vaqtda “Qishloq qurilish bank” ustav kapitali hajmi 1,07 trillion co‘mga teng bo‘lib, undagi davlat ulushi 96,47 foizni tashkil yetadi. Yuqorida qayd yetilgan shartnoma natijasida davlat ulushi o‘sgan taqdirda, bankning ustav kapitali hajmi 78 foizga oshadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Moliya vazirligi tijorat banklaridagi davlat ulushi bo‘yicha aksiyador funksiyasini bajaradi. 2019-yil 25-dekabr holatiga O‘zbekistondagi umumiy bank aktivlarining 86 foizi davlat ulushi mavjud banklarga tegishli.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi” qonunining 60-bandiga ko‘ra soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish to‘g‘risidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari bo‘lgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют