» » OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya termasi Eronni yuta olmadi (video)

OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya termasi Eronni yuta olmadi (video)


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 9-yanvar, payshanba kuni Osiyo Chempionatining 1-turida Eron bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv Eron olimpiyachilarining ustunligida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish o‘zbekistonlik futbolchilarga nasib etdi. 40-daqiqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi penaltiga ega bo‘ldi. Bunga Bobur Abduholiqovning jarima maydonida to‘xtatilishi sabab bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasini Islom Qobilov aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limni qator hujumlar bilan boshlagan eronliklarning urinishlari 57-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Rizo Dehqoniy O‘zbekiston himoyasidagi xatodan unumli foydalangan holda hisobni tenglashtirdi.

Hisob tenglashgach o‘yin tempi biroz tushdi va maydonda teng kurash kechdi. Ammo hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning ikkinchi o‘yin Janubiy Koreya va Xitoy olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

U23 OCh—2020

1-tur bahsi

9-yanvar, payshanba

Gollar: 1:0 — 40 Qobilov, 1:1 — 57 Dehqoniy

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov (Oybek Bozorov, 66), Jasurbek Yaxshiboyev, Bobir Abdixoliqov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov (Islom Kenjaboyev, 85).

Eron: Habib Farabbasiy, Mojtaba Najarian, Mehdi Mehdixani, Ollohyor Sayyadmanesh, Rizo Shekari, Rizo Dehqoniy, Muhammad Mohebbi (Ja’far Salmoniy, 84), Ali Shojaiy (Mehli Gayediy, 46), Matin Karimzoda, Omid Nurafkan, Orif Og‘asi.

Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov (12), Orif Og‘asi (18).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют