WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Paxtakor” va’da qilingan Damas yutug‘ini o‘yin kunida o‘ynamaslikka ikkinchi bor qaror qildi
“Paxtakor” va’da qilingan Damas yutug‘ini o‘yin kunida o‘ynamaslikka ikkinchi bor qaror qildi
Oliy liga 5-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yinida Damas avtomobili o‘ynalishi ma’lum qilingandi. Biroq Toshkent klubi o‘yin boshlanishi arafasida bu fikridan qaytdi.
Bekobod klubiga qarshi o‘yinni tomosha qilish uchun mingta ham ishqiboz tashrif buyurmadi. Shundan kelib chiqib, Damas “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadigan kelasi turda o‘ynalishi ma’lum qilindi. Vaholanki bu haqda klub matbuot xizmati o‘z rasmiy saytida ma’lum qilmagandi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” klubi “Qizilqum”ga qarshi bo‘lib o‘tgan 1-turda ham Damas o‘ynashi kerak bo‘lib, bu haqda bir hafta jar solgan, o‘yin kuni esa fikridan qaytgandi. 5-turga kelib esa “Paxtakor” rahbariyati fikridan stadionning o‘zidayoq qaytib qo‘ya qoldi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?
КТО НА САЙТЕ?
(
8)
(
0)
(
7)
(
1)





- отсутствуют
