» » O‘zbekistonliklar 2019-yilda banklardan qancha dollar sotib olgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar 2019-yilda banklardan qancha dollar sotib olgani ma’lum qilindi


2019-yilda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,8 milliard dollarni tashkil etdi. Markaziy bankning matbuot xizmatining xabar berishicha, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 41 foizga oshdi. 2018-yilda chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2,7 milliard dollarni tashkil etgan.

Ayni paytda jismoniy shaxslar tomonidan 1,8 milliard dollar sotib olinib, mazkur ko‘rsatkich 2018-yilga (975 milliard dollar) nisbatan 1,9 barobarga o‘sgan.

Hisobot davrida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi saldosi 2 milliard dollarini tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 16 foizga oshgan.

Shu bilan birga, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining mavsumiy kamayishiga qaramay, 2019-yilning dekabr oyida jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini sotish (500 million dollar) va sotib olish (305 million dollar) hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi.

Ushbu holat yil yakunida aholi va tadbirkorlarning o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishi faollashganligi bilan izohlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют