» » OAV: Shahzoda Garri va Megan Marklning qirollik vakolatlaridan voz kechish qarori Yelizaveta II ni ranjitdi

OAV: Shahzoda Garri va Megan Marklning qirollik vakolatlaridan voz kechish qarori Yelizaveta II ni ranjitdi


Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomi va u bilan bog‘liq imtiyozlardan voz kechishini e’lon qilgan edi. Meduza’ning  xabar berishicha, Britaniya OAVlari Yelizaveta II ularning ogohlantirmasdan bunday qarorga kelganidan xafa bo‘lganini yozgan.

The Times’da Yelizaveta II nabirasi unga xabar bermasdan bunday muhim qaror qabul qilganidan qayg‘uga tushgani yozilgan bo‘lsa, The Daily Mail’da malika bundan g‘azablangani ta’kidlanmoqda. BBC News esa Shahzoda Garri va uning rafiqasi Yelizaveta II ning fikrini so‘ramasdan o‘z qarorlarini e’lon qilish bilan butun qirollik olilasini ranjitganini yozmoqda.

Qirolicha matbuot xizmati hozircha 8-yanvar oqshomida berilgan qisqacha bayonot bilan cheklandi. “Biz ularning boshqa yondashuv istagini tushunamiz, ammo bu vaqt talab qiladigan murakkab masaladir”, — deyiladi Yelizaveta II nomidan aytilgan bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют