» » Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani ilgari surgan edi. Maqsad odamlarning og‘irini yengil qilish, har qanday qulayliklar yaratishdan iborat.

Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzonlandi. Unga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. 80 dan ortiq innovatsion bino jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat qilib kelayotgan bo‘lsa, bugungi kunda yana 94 ta shunday inshootni qurish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) qulay va shaffof tarzda sayyor xizmatlar ham ko‘rsatilyapti.

Bugungi kunga kelib, Davlat xizmatlari markazlari orqali “yagona darcha” tamoyili asosida 130 turdan ziyod xizmat taqdim etilmoqda. 2017-yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 13 milliontadan oshgan.

Eng ko‘p murojaat qilinadigan 36 turdagi xizmat bo‘yicha hujjatlar soni 112 tadan 52 taga kamaytirildi, xizmat ko‘rsatish muddati 280 kundan 126 kunga qisqartirildi.

Masalan, ilgari haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun pasport, tibbiy ma’lumotnoma, imtihon varaqasi, eski guvohnoma, rasm va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida to‘lov talab qilingan. Endilikda esa faqat uchta narsa: eski haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi hajmida to‘lov kerak, xolos.

O‘tgan yil 1-iyundan boshlab fuqarolarning yashash joyidan va tashkilotlarning manzilidan qat’i nazar, istalgan markaz orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют