» » Is gazining navbatdagi qurbonlari: G‘allaorolda butun bir oila zaharlanib halok bo‘ldi

Is gazining navbatdagi qurbonlari: G‘allaorolda butun bir oila zaharlanib halok bo‘ldi


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 9-yanvar kuni is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishidan iborat oilaning barcha a’zosi vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 9-yanvar kuni soat 14:04 atrofida G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFYga qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiruv kelib tushgan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida, oila a’zolari, xonadon sohibi D.Sh. va uning turmush o‘rtog‘i, 1987-yilda tug‘ilgan N.Sh, ularning 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O.Y.da biologik o‘lim aniqlangan.

Ular birlamchi tekshiruvdan o‘tkazilganda is gazidan o‘tkir zaharlanish dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda ayol ikki yoshli farzandi bilan, Farg‘onada esa ikki yoshli go‘dak va uning uch yoshli opasi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.

Mavzuga doir: Is gazidan zaharlanish holatida qanday choralar ko‘rish kerak?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют